Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlikni töxtatiş böyiça ariza topşirdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
«JARning aniqlaşiça, uning ziddiyatlarga tinç yöl bilan barham beriş böyiça qaraşi ba'zan XJS taqdim etgan xulosaga zid keladi», — deyiladi hujjatda. Sud tarkibidan çiqiş arizasini JAR TIV rahbari Maite Nkoana-Maşabane imzolagan.
Qayd etilişiça, respublikaning XJS bilan hamkorlikni töxtatişi bir yildan keyin kuçga kiradi. Şu bilan JAR uşbu xalqaro muassasa bilan işlaşni xohlamagan ikkinçi davlat böldi. Bundan avval, Afrikaning yana bir mamlakati Burundi ham şunday qaror qabul qilgan edi.
Xalqaro jinoyat sudi 2002 yilda taşkil etilgan. U insoniyat va harbiy jinoyatlarga boğliq işlarni körib çiqadi. Taşkilotga 124 mamlakat a'zo bölgan.













