Afrikaning yana bir mamlakati Gambiya axborot vaziri Şarif Bodjang, uning hukumati Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlikni töxtatişi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Biz qarorimizni quyidagiça izohlaymiz: XJS Xalqaro jinoyat mahkamasi böliş örniga, rangli insonlar, ayniqsa afrikaliklarni tahqirlayotgan Xalqaro Yevropa sudiga aylangan», — degan Gambiya vaziri. 

Ta'kidlanişiça, Gambiya hukumatining qarori harbiy jinoyatlarga doir işlar bilan şuğullanuvçi Xalqaro jinoyat sudiga bosimni kuçaytiradi. Agentlik ma'lumotlariga köra, XJS Afrika qit'asida yangi mustamlakaçilik siyosatini yuritişda ayblab kelinayotgan edi. Sud tomonidan körilayotgan önta işning töqqiztasi Afrikadagi jinoyatlar bilan boğliq. 

Avvalro, JAR hukumati ham mazkur xalqaro sud mahkamasidan çiqişini e'lon qilgan edi.