Norvegiyalik ayrim siyosatçilar va harbiylar Amerika askarlarini mamlakat hududida joylaştirişga qarşi çiqişmoqda. Ular bu qadam "rus ayiği"ning jahlini çiqarişidan xavotirda, deyiladi Norvegiya radioeşittirişlar korporatsiyasi saytida. 

Avvalroq, Norvegiya mudofaa vazirligi Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davr içida ilk marotaba mamlakatda AQŞning 330 nafar dengiz piyoda qöşinini joylaştirişini bildirgan edi. Amerika-Rossiya munosabatlari yomonlaşgan bir pallada bunday qaror qabul qilinişi keskin tanqidlarga uçradi, deb xabar qilmoqda NRK.

Iste'fodagi ikkinçi rang kapitani Yakob Byorresenning fikriça, Amerika askarlarini Yevropada joylaştiriş — Moskva uçun yomon işoradir. 

"Bularning bari şarqqa yomon işoralarni yuboradi. Biz şimolni yana qarama-qarşiliklar hududiga aylantiriş bilan tavakkal qilyapmiz. Agar Moskva buni, keskinlikni bartaraf etiş uçun emas, çeklaş tomon jiddiy uriniş deb hisoblayotgan bölsa, aslida ham şunday", — degan Byorresen.

Norvegiya parlamentida ham Amerika harbiylarining joylaşuvi borasida norozilik bildirilgan. Taraqqiyot partiyasining mudofaa masalalari böyiça vakili Kristian Tyubring-Yyedde hukumatning bu qarori bilan Rossiyani salbiy tomondan qözğatadi, deb hisoblaydi. 

"Biz, öz milliy manfaatlarimizni birinçi öringa qöyişimiz kerak, men esa, bu masalada Qöşma ştatlar va Norvegiyaning umumiy manfaatlari borligiga işonmayman", — deb fikr yuritgan siyosatçi. Uning sözlariga köra, Norvegiya hukumati "ehtiyotkorroq bölişi kerak".

"Biz rus ayiğini tinçlantirişga urinişimiz yaxşi bölar edi", — deya ta'kidlagan Tyubring-Yyedde.

Markaz va Sotsialistik söllar partiyalari ham Amerika askarlarining doimiy ravişda Norvegiya hududida qolişiga noroziliklarini bildirişdi, deb yozadi NRK.