26 oktabr kuni Özbekiston respublikasi boş vaziri örinbosari Adham Ikromov boşçiligidagi delegatsiya javob tariqasidagi taşrif bilan Qirğizistonning Öş viloyatida böldi. Özbekiston delegatsiyasi tarkibi Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari hokimlari, davlat organlari, ilm-fan va maorif, madaniyat va san'at sohalari vakillaridan iborat böldi.

«Dostuk» NÖPda Özbekiston delegatsiyasini Qirğiziston boş vazirining birinçi örinbosari Muxammetkali Abulgaziyev, boş vazir örinbosari Jyeniş Razakov, Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi Daniyar Sidikov, Öş, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib oldi.

Taşrif doirasida delegatsiya Öş davlat universitetida bölib, tibbiyot fakulteti faoliyati bilan tanişdi. Talabalar oldida sözga çiqqan Adham Ikramov ikki mamlakat örtasidagi döstlik va döstona qöşniçilik aloqalarining buzilmas ekanini qayd etib ötdi.

Özbekiston vakillari Öş markaziy maydonida taşkillaştirilgan turli madaniy tadbirlarda iştirok etdi, şuningdek, fermerlarning qişloq xöjaligi mahsulotlari hamda mahalliy ustalarning qöl mehnati namunalari yarmarkalarini tomoşa qildi.