28 oktabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga taşrif buyurgan AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon bilan uçraşdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Şuningdek, «C5+1» şaklidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqa kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Uçraşuvda AQŞ Elçisi Pamela Spratlen iştirok etdi.