AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon Özbekistonga taşrifi doirasida 28 oktabrda Samarqand şahriga safar qildi. U bu yerda Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, gul qöydi. Bu haqda, AQŞ elçixonasining Facebook sahifasida xabar qilingan.
Tomas Şennonga Samarqandda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen va AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo işlari böyiça yordamçisining örinbosari Daniyel Rozenblyum hamrohlik qilgan. U, şuningdek, şaharning diqqatga sazovor joylarini tomoşa qilgan.

Tomonlar Toşkentda bölib ötgan muzokaralarda, ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi holati va istiqbollarini muhokama qilişdi, deya xabar qilgan Özbekiston taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati.
Bundan taşqari, «S5+1» şaklida özaro hamkorlik qiliş va xalqaro va mintaqaviy masalalar böyiça fikr almaşilgan.























