Hindiston Fazo tadqiqotlari taşkiloti (ISRO) Yer orbitasiga tijoriy raketa parvozini amalga oşirişiga oid rejalarini e'lon qildi. Unga köra, bitta raketa yordamida 83ta sun'iy yöldoş orbitaga çiqariladi, deb yozmoqda India Today naşri.
Taşkilotning rejalari amalga oşgudek bölsa, bu bitta raketa uçirilişi yordamida fazoga olib çiqilgan sun'iy yöldoşlar soni böyiça rekord körsatkiç böladi.
Antrix Corporation (ISRO taşkilotining tijoriy kompaniyasi) rahbari Rakeş Sasibxuşanning aytişiça, 2017 yilda uşbu parvozni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Rejaga muvofiq, PSLV (Polar Satellite Launch Vehicle) raketa taşuvçisi bortiga 81ta xorijiy va ikkita mahalliy sun'iy yöldoş joylanadi. Ularning aksariyati, xorijiy mamlakatlarga tegişli 1 kgdan 10 kggaça bölgan nanoyöldoşlardir.
Sun'iy yöldoşlarning barçasi bitta orbitaga çiqariladi. Bunda, vazifaning murakkab jihati yöldoşlar orbitaga çiqarilayotganda raketani bir maromda uşlab turişdan iborat böladi.
Uşbu buyurtmalar aynan qaysi kompaniyalarga tegişli ekaniga oydinlik kiritilmagan.

















