Saroyga birinchilardan kirish uchun tailandliklar yarim tundan navbatga tura boshlashgan. Endi tashrif buyuruvchilar navbat bilan har kuni soat 8:00 dan boshlab saroyga kiritiladilar.
Tailand an'analariga ko‘ra, Rama IX jasadi tik holatdagi usti yopiq tobut ichiga joylangan va Dusit Maxa Prasat taxtlar zaliga qo‘yilgan. Qirol maqbarasiga kirish cheklangan va u yerga kuniga 10 ming odam kiritiladi.











