Moskvaning sobiq meri Qozoğistonda qiymati 2 milliard dollarga teng bölgan suv quvuri qurişni taklif qildi. Bu haqida Lujkovning özi RBK naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Manbaga köra, sobiq Moskva meri Yuriy Lujkov juma kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uçraşuvi çoğida  respublikada çuçuk suv ta'minoti uçun suv quvuri qurişni taklif qilgan. 

Uning sözlariga köra, gap Kaspiy dengizining şimoliy qismidan boşlanuvçi taxminan 200 kilometrli "qudratli suv quvuri" haqida ketmoqda."Bu ajoyib yer, iqlimiy va tabiiy şaroitlar - suv esa yöq", - dedi u. 

Manbaga köra, loyihaga salohiyatli investor topilgan. "Biz bu loyihani örganib, uni moliyalaştirişga tayyor bank tizimini topdik. Pullar suv uçun tölov hisobidan qaytariladi", - dedi Yuriy Lujkov va gap Qozoğiston banki emas, xalqaro bank tizimi haqida ketayotganligini ta'kidladi. 

Lujkov loyihadagi öz örniga tavsif berar ekan, "bugungi kunda Qozoğistonning özida işlab çiqariluvçi jihozlarni maksimal darajada jalb etgan holda töliq taşkiliy-texnik ijro" bilan şuğullanişini aytdi.