Saidov va Komilov orqali Donald Tramp Özbekistonga taklif qilindi
AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Jonatan Henik 24 aprel kuni matbuot vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Elçi dastavval Vaşinton–Toşkent aloqalari, bugungi hamkorlik kun tartibiga töxtaldi. Heç qaçon bu qadar yaqin bölmaganmiz, deydi Henik. Uning qöşimça qilişiça, oxirgi yillarda Özbekiston fuqarolari maksimal darajadagi yuklama bilan AQŞ vizasi uçun ariza topşirmoqda, konsullik ham maksimal darajada köp vizalarni tasdiqlagan. Prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan esa muloqot maromida davom etmoqda. Ayniqsa, ma’muriyatdagilar muhojirlarni deportatsiya qilişdagi hamkorligi uçun Özbekiston hukumatidan mamnun.
Markaziy Osiyo respublikalari mustaqil bölganiga 30 yildan oşdi. Biroq uzoq ötgan davr mobaynida biror AQŞ prezidenti Markaziy Osiyoga kelmagan. Prezident Jo Bayden muddatining oxirida Qozoğiston yoki Özbekistonga kelişi mumkinligi haqida siyosiy doiralarda gap bor edi, biroq u mintaqaga taşrif buyurmadi. Donald Trampga esa Özbekiston delegatsiyasi prezident Şavkat Mirziyoyevning taşrif taklifini yetkazgan. Oq uy bu taklifdan juda mamnun, deydi elçi Jonatan Henik.
“Xöş, taşqi işlar vaziri Saidov ham, prezident maxsus vakili Komilov ham Vaşingtonda bölganlarida prezident Trampni Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif qilişdi, ehtimol «S5+1» sammitiga qatnaşiş bilan birga. Oq uy bundan juda xursand bölganini bilaman. Bu taklifni qabul qiliş uçun va işonçim komilki, ular buni yaqindan örganmoqda. Men sizning fikringizga qöşilaman, ammo savolning asosi nuqtai nazaridan, rostdan ham 30 yildan ortiq vaqt ötdi va menimça, hozir AQŞ prezidentining mintaqaga taşrif buyurişi uçun töğri vaqt” – Jonatan Henik, AQŞ elçisi
“Özbekistonni YeI bilan aloqalarni şunday davom ettirişga undaymiz” – elçi Lavrovning gaplariga munosabat bildirdi
Jonatan Henik şu oy boşida Samarqandda imzolangan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi strategik hamkorlik xususida gapirarkan, AQŞ buni töğri tuşunişini va qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi. Kun.uz jurnalistining Rossiya TIV Sergey Lavrov YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlikka intiliş haqidagi gapi ortidan yuzaga kelgan muhokamalar haqidagi savoliga elçi javob berarkan, Özbekiston har tomonlama bu munosabatlarga munosib ekanini ta’kidladi.
- Janob elçi, biz yaqindagina YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari bilan intervyu ötkazdik va elçi fikriça, YeI eksklyuziv aloqalarga intilmayapti. Biroq Rossiya TIV buni ittifoqning mintaqada hukmronlikka intilişi, deya qabul qilmoqda. Bunga va strategik hamkorlik şartnomasiga AQŞning reaksiyasi qanday böladi?

















