Saudiya Arabistoni maxsus kuçlari 30 oktabrda AQŞlik va malayziyalik hamkasblari bilan qirollikning şimoli-ğarbida öquv maşğulotlari boşlaşdi, deb ma'lum qilmoqda SPA axborot agentligi. 

Maşğulotlar "Şimol nayzasi 2016" degan nom oldi. Unda uç davlatning quruqlikdagi qöşinlari, Saudiya Arabistonining harbiy-dengiz va harbiy-havo kuçlari iştirok etmoqda. Maşğulotlarning oçiliş marosimida uç davlatning yuqori darajadagi zobitlari iştirok etişdi. 

"Bu maşğulotdan maqsad tajribaga ega böliş, u bilan döstlar bilan bölişiş va milliy manfaatlarga istalgan xavflarga qarşi kuraşişga tayyorgarlik hisoblanadi", deb aytdi marosimda maşğulotlarga qömondonlik qiluvçi saudiyalik brigada generali Ali ibn Sair al-Anziy.

Ta'kidlanişiça, maşğulotlar 13 noyabrgaça davom etadi.