Ozarboyjonlik jurnalist Rauf Mirqodirov Şveytsariyada siyosiy boşpana berilişini söramoqda. Avvalroq u yerda uning oilasi boşpana olgandi.

Jurnalistning boşpana olişga ariza bergani haqida uning advokatiga iqtibos keltirgan holda bir qator axborot agentliklari ma'lum qilgan.  

Rus tilida çop etiladigan "Zerkalo" gazetasining jurnalisti 2014 yilda Turkiyada uşlangan va u yerdan Ozarboyjonga deportatsiya qilingan. Jurnalist oilasi Turkiyada qolgan va keyinroq Şveytsariyada siyosiy boşpana olgan.

2015 yilda jurnalist davlatga xiyonat qilganlik uçun 6 yillik qamoq jazosiga tortilgandi. Ayblov hukmida huquq himoyaçisi Leyla Yunus jurnalistni Armaniston razvedkasiga işlaşga yollagani aytilgan.

Mart oyida hakamlik sudi jurnalistga berilgan jazoni 5 yillik şartli muddat bilan almaştirgan. Jurnalistning özining aytişiça, u heç qaçon Armaniston yoki boşqa bir davlat maxsus xizmatlari bilan iş körmagan. U jazo hukmining töliq bekor qilinişini istamoqda.

Jurnalistga 2016 yil yozida oilasi bilan körişiş uçun xorijga çiqişga ruxsat berilgan. Uning ta'kidlaşiça, u oilasi bilan birga bölişni istagani va Ozarboyjonda uning erkinligi va hayoti xavf ostida bölgani uçun boşpana berilişini söragan.