«Özbekiston havo yöllari» sotib olgan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlarining ikkinçisi 5 noyabr kuni Toşkentga keltiriladi. Bu haqda UZ24 milliy aviakompaniyadagi manbasiga asoslanib xabar bergan.

AQŞning Siyetl şahridan parvoz qilgan samolyot şanba kuni tongida, 12  soatlik töxtovsiz uçişdan söng «Toşkent» aeroportiga qönadi. Samolyotni kutib oliş marosimiga mahalliy naşrlar vakillari, aeroport işçilari va boşqalar taklif etilgan.

«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yil 31 avgust kuni ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinçisini qabul qilgandi. Ötgan vaqt içida samolyot Özbekistonning turli şaharlariga içki parvozlarni, şuningdek, Olmaota va Dubay şaharlariga xalqaro parvozlarni amalga oşirdi.

Yangi samolyot uzoq va öta uzoq xalqaro yönalişlarda foydalaniladi hamda Toşkent—Nyu-York yönalişi böyiça qönilmaydigan parvozlarni amalga oşiriş imkonini beradi.

«Orzu layneri» 350 yölovçi siğimiga ega.

2017 yilning yanvarida Özbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bölgan samolyot konstruksiyasining tarkibiy qismlarini ta'mirlaş böyiça markaz yaratiladi. Uşbu markaz Boeing-787 Dreamliner yangi avlod aviatsiya texnikasiga xizmat körsatişi közda tutilgan.

Bu Amerikaning Boeing Co kompaniyasi va Özbekistonning «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi qöşma loyihasidir.

2007—2008 yillarda «Özbekiston havo yöllari» Boeing bilan jami 645 million dollarlik törtta Boeing-767-300ER va ikkita Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini sotib oliş haqida şartnoma imzolagan. 2014 yilning iyulida Boeing-767-300ER’ni yetkazib beriş böyiça şartnoma amalga oşirilgan. Ikkita 787-800 Dreamliner esa 2016 yil uçinçi çoragida yetkazib berilişiga kelişilgandi.