Oktyabr oyi oxirida amerikalik talaba Hunter Jobbins öz tvitterida ğayrioddiy voqea haqida yozdi. U öz maşinasida qoldirib ketilgan yozuv suratini namoyiş qildi. Qoğozda boşqa bir talaba uning oçiq maşinasidagi KitKat şokoladini öğirlab, yeb qöyganiga iqror bölgandi. Bir haftada bu tvit 184 ming marta retvit qilindi.

AQŞdagi bunday şirinliklarni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Hershey kompaniyasi bu tvitga e'tibor qaratdi va kompaniyaning tvitterdagi akkaunti talabaga boğlandi. Akkauntda bu şokolad örniga boşqa şokolad beriş va'da qilindi.
Lekin uşbu yigitga öğirlangan 1 şokolad örniga 6,5 mingta şokolad yuborildi. Talaba esa tvitteriga bu sovğa ortilgan maşinada tuşgan suratini joylaştirdi.

Tvitterdagilarning ba'zilari bu tarixni KitKat reklama virusi sifatida talqin etdi. Ammo yigit bu ayblovni rad etib, şokoladlarni döstlari va kampusdagi boşqa talabalarga tarqatgani haqida ma'lum qildi.


















