Nigeriya şimolida kamida 36 nafar oltin izlovçi mototsiklda bölgan noma'lum kimsalar tomondan uyuştirilgan qurolli hujum qurbonlari böldilar, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

Hukumat vakilining aytişiça, mototsiklda bölgan bir guruh kimsalar Nigeriya şimolida joylaşgan Zamfara ştatidagi oltin izlovçilar lageriga hujum qilgan.

Öz navbatida Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, ayni vaqtda hujum sababi noma'lumligiça qolmoqda, çunki bosqinçilar heç narsa öğirlaşmagan. Mart oyida ham bir oltin izlovçi xuddi şu ştatda öldirib ketilgandi.  Politsiyaning taxmin qilişiça, hujumga oltin izlovçilar örtasidagi nizo sabab bölişi mumkin.