Jahon | 09:51 / 09.11.2016
7346
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya politsiyasi Peterburgdan Toshkentga ketayotgan avtobus ishtirokidagi YTH bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi

FOTO: Arxiv KP

Rossiya huquq-tartibot muassasalari Saratov viloyatining Tatishev tumanida O‘zbekistonning 16 nafar fuqarosi jabr ko‘rgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda podrobno.uz xabar bermoqda

Eslatib o‘tamiz, 30 oktabrda Tambov-Saratov avtomobil yo‘lida, Tatishev tumanidagi Sadovka qishlog‘i yaqinida Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

"Ichida yo‘lovchilar bo‘lgan Yutong avtobusi haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida avtobus yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Oqibatda 1974 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilardan birining salomatligiga og‘ir shikast yetkazilgan. Jabrlanuvchi ayni vaqtda shifoxonada qolmoqda", deyildi Saratov viloyati prokuraturasi bergan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya ichki ishlar vazirligining Tatishev tumani tergov bo‘limi tomonidan "inson salomatligiga og‘ir shikast yetkazishga olib kelgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi" moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda, 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid