Aksariyat davlat arboblari Oq uyga birinçi raqamli havo kemasi - Air Force One'da taşrif buyurişni özlari uçun şaraf deb bilişgan. Biroq Donald Tramp bu an'anaga çek qöydi va AQŞ prezidenti Barak Obama bilan uçraşuvga özining Boing-757 samolyotida taşrif buyurdi. Bu haqida The Telegraph naşri ma'lum qildi. 

Bunday qaror AQŞning 45-prezidenti özining selebriti imijini saqlab qolişiga doir bir qator savollarni yuzaga keltirdi. Ma'lumki Tramp şaxsiy samolyotdan taşqari, 58 qavatli pentxausga ham egalik qiladi. 

Tramp Force One

Tramp 2011 yilda uşbu qimmatbaho havo kemasini xarid qilgan va uni imkon doirasidagi barça haşamat jihozlari bilan bezagan. 

Manbaga köra, prezidentlik poygasidagi ğalabasidan keyin u samolyot nomini Trump Force One'ga özgartirgan.

Ma'lumotlarda keltirilişiça, uning bahosi 100 million dollardan ortiq bölib, unda ikki yotoqxona va Rolls-Royce turbo-ventilyatorli kuçli dvigatellar mavjud. Samolyotning aksariyat jihozlarida tilla elementlarini köriş mumkin. Yotoqxonani Trampning oilaviy belgisi tasviri tuşirilgan ipak yostiqlar bezab turadi. 

Samolyotda 57 dyuymli ekrandan iborat uy kinoteatri Donald Trampning xizmatida. 


 
Air Force One

Trampning havo kemasi rasmiy prezidentlar samolyotidan kiçikroq. Uning samolyoti 43 kişiga möljallangan bölsa, Air Force One  - 102 örinli. 

Air Force One'da konferensiya zali, maşq xonasi va signal raketalari bor. 

Unda dunyoning eng nufuzli kişisining salomatligini nazorat qiliş uçun "tibbiy markaz" xizmat körsatadi.

Obama Klinton kampaniyasini ötkazişda Air Force One'dan foydalandi - bu fakt Trampning nazaridan çetda qolmadi, albatta. 

"Nima uçun prezident Obama Hillari Klinton kampaniyasini ötkazişda Air Force One'dan foydalandi? Ular ertaga birga uçişar ekan. Parvoz kimning hisobidan amalga oşiriladi?"