Rossiya aviakompaniyalariga tegişli ikkita samolyot parvoz vaqtida dvigateli işdan çiqqani bois özlari uçgan aeroportlarga qaytişga majbur böldi, deb xabar bermoqda The Moscow Times.
Qayd etilişiça, birinçi holat «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Şarm-aş-Şayxdan Yekaterinburgga uçayotgan Airbus A321neo samolyoti bilan sodir bölgan. 4,5 ming metr balandlikda havo kemasining çap dvigateli işdan çiqqan. Ekipaj nosozlik töğrisida dispetçerga xabar bergan va uçiş aeroportiga qaytiş böyiça qaror qabul qilgan.
Ikkinçi holat Volgograd — Yekaterinburg reysi böyiça uçayotgan NordStar aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti bilan sodir bölgan. 11,3 ming metr balandlikda uşbu samolyotning ham çap dvigateli işdan çiqqan. Ekipaj Volgograddagi Gumrak aeroportiga qaytgan.
Har ikkala aviakompaniya matbuot xizmatlariga köra, havo kemalari texnik körik va holatga baho beriş uçun parvozdan çetlatilgan.
Ukrainaga qarşi uruş boşlangunga qadar Rossiya aviaparkida 1031 ta samolyot bor edi — ularning uçdan ikki qismini Boeing va Airbus kompaniyalarining havo kemalari taşkil etgan. Ammo AQŞ va YeI uşbu samolyotlarga xizmat körsatişni, şuningdek, yangi laynerlar yetkazib berişni taqiqlab qöygan. 2023 yilda Rossiya hukumati yaşirin ravişda aviakompaniyalarga samolyotlar «kannibalizatsiyasi» — bir samolyotdagi soz ehtiyot qismlarni boşqasiga köçirib ötkazişga ruxsat bergan.
Dekabr boşlarida Rossiyaning eng yirik aviataşuvçisi — «Aeroflot» kompaniyasi «Volga-Dnepr» guruhidan beşta Boeing 737-800BCF yuk taşuvçi samolyotini sotib olişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgandi. Kompaniya Ğarb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli butlovçi qismlar kirib kelmayotgani bois uşbu samolyotlarning ehtiyot qismlaridan foydalanişni reja qilgan.

















