Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, avtotransport vositalariga beriladigan davlat raqamlariga oid xabarlar keng tarqalmoqda. Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda avtomobillarga beriladigan davlat raqamlarining turli namunadagi körinişlari va ularga belgilangan narxlar aks etgan jadval havola etilmoqda. 

Unga köra, xususan, davlat avtomobil raqamlari: “platina”, “oltin”, “kumuş” va “bronza” deb nomlangan tört toifaga ajratilganini köriş mumkin. 

Jumladan, “platina” toifasidagi 001, 005, 007, 500, 555, 777 kabi raqamlar töplamidan 7 juft borligi va har bir raqam egasi böliş uçun eng kam oylik iş haqining 200 baravari miqdorida, ya'ni 29 mln 955 ming söm davlat boji tölaş belgilanganligini köriş mumkin. “Oltin” toifasidagi raqamlar guruhi uçun eng kam oylik iş haqining 100 baravari 14 mln 977 ming 500 söm tölaş kerak böladi. 

Foto: Telegram.me

Biroq, Kun.uz sayti uşbu masala böyiça Toşkent şahar DAN boşqarmasiga murojaat qilganida, boşqarmaning özini Töyçiyev deb taniştirgan xodimi, bu kabi turli xil asossiz ma'lumotlarga işoniş kerakmasligini ta'kidladi. U, şuningdek, avtomobil davlat raqamlari tasodifiy tanlov asosida berilişini qayd etdi.