Toşkentda 10-11 noyabr kunlari Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan taşkil etilgan «Fundamental va amaliy fizika rivojining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzuida xalqaro simpozium bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Simpoziumda fizika, astronomiya va astrofizika, energetikaning, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini qöllaş samaradorligini oşirişning ilmiy asoslari, mahalliy xomaşyo manbalari asosida yangi materiallar oliş, zamonaviy nanofizika va nanotexnologiyani rivojlantirişning eng muhim masalalari muhokama qilindi.

– Mazkur xalqaro forum Özbekistonda qadimdan mavjud fundamental ilmiy salohiyatning bugun ham amalda faol namoyon bölayotganining dalilidir, bu barqaror kelajak uçun mustahkam asos bölib xizmat qiladi, – deydi Antverpen universiteti professori De Vos Dirk Lusiyen (Belgiya). – Mazkur forumda biomateriallarning tirik organizmda energiya almaşişi, uni saqlaşi, ma'lumot almaşişining fizik asoslari haqida söz yuritildi.

Foto: uza.uz

Germaniyadagi Yer haqidagi fanlar ilmiy-tadqiqot markazi sun'iy yöldoşlar ölçaşlariga asoslangan geodeziya texnologiyalarini koordinatsiya va integratsiya qiliş bilan şuğullanadi. Bu tizim geometrik koinot texnologiyalarini amaldagi geodeziya bilan birlaştirişga, yer sirtida olingan ölçaşlarni uçiş apparatlari yordamida va koinotdan olingan kuzatuv ma'lumotlari bilan yaxlitlaşga ham mas'uldir. Mustaqillik yillarida mazkur markaz bilan Özbekiston Fanlar akademiyasi Mirzo Uluğbek nomidagi Astronomiya instituti örtasida izçil hamkorlik yölga qöyilgan. Natijada, Astronomiya institutida Global pozitsiyalaş tizimining (GPS) Kitob, Toşkent va Maydanak xalqaro stansiyalari taşkil qilindi, hamkorlikda regional tezliklar aniqlanib, hududlarning seysmik xavfi baholandi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bölimi qoşidagi Yarimötkazgiçlar fizikasi instituti direktori örinbosari, professor Oleg Pçelyakovning aytişiça, mamlakatimizda quyoş energetikasini taraqqiy ettiriş uçun qulay geografik iqlim, yetarliça salohiyat, buning fundamental va taşkiliy asoslari mavjud: Özbekistonda bir yilda 320 kundan ziyod havo oçiq bölişi quyoşli kunlar köpligi böyiça dunyoning aksariyat mintaqalariga nisbatan ança ustunlikni ta'minlaydi.

Qisqaça aytganda, mazkur xalqaro simpozium bugun dunyo fizikasidagi dolzarb fundamental va amaliy masalalarni muhokama qiliş, özbek fizika maktabining mustaqillik davridagi yutuqlarini xalqaro miqyosda yana bir bor keng namoyiş etiş imkonini berdi. Bu nafaqat ilm-fan, balki boşqa köplab sohalar rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi.