Toşkentda bölib ötgan xalqaro simpoziumda ma'ruzalarni tinglagan iştirokçilar tört tematik şö'baga tarqalişdi.
Nazariy va astrofizika masalalariga bağişlangan birinçi şö'bada Ozarboyjon, Rossiya, Xitoy, AQŞ, Latviya va hindistonlik fizik olimlarning ma'ruzalari tinglandi. Ma'ruzaçilar koinotni kuzatiş va astrometrik tadqiqotlar ötkazişdagi yangiliklar, qattiq jismlar fizikasi, kvant fizikasi masalalariga oid fikr-mulohazalarini taqdim etdilar. Astrometriya va koinotni kuzatiş faoliyati haqidagi ma'ruzalarda olimlar Özbekistondagi Maydanak observatoriyasining bu boradagi ahamiyatini qayd etişdi. Xususan, ekzosayyora (Quyoşdan boşqa yulduzlar atrofida aylanuvçi sayyora)lar haqidagi qiziqarli ma'ruzani taqdim etgan rossiyalik olim Dmitriy Bisikalo bu tipdagi yangi sayyoralarni kaşf etişda Maydanak bilan hamkorlik yaxşi natija berişi haqida ta'kidlab ötdi. Taqdimotlar orasida germaniyalik yoş olim Ziri Yonsining qora tuynuklarni tasvirga tuşiriş haqidagi ma'ruza barça uçun qiziq böldi. U bu boradagi tadqiqotlardan jamoatçilikni xabardor qiliş usullariga ham töxtalib ötdi.

Şö'ba yiğilişining nazariy fizika qismida gollandiyalik olim Jan Zaanenning qattiq jismlar fizikasiga bağişlangan ma'ruzasi qizğin muhokamalarga sabab böldi. Olimning bu sohadagi turli nazariyalarni birlaştirib ilgari surgan yangi farazlari haqida yiğilganlar ma'ruzadan söng ham ança muddat munozara qildilar.
Eksperimental fizika natijalari muhokama qilingan ikkinçi şö'ba yiğilişida yarimötkazgiçlar fizikasi, öta ötkazuvçanlik hodisasi, metallarning fizik-ximik xossalari kabi mavzular yuzasidan Yaponiya, Qozoğiston, Latviya kabi mamlakatlardan kelgan fizik olimlarning ma'ruzalari tinglandi.

Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini qöllaş imkoniyatlariga bağişlangan ma'ruzalar xalqaro simpoziumning uçinçi şö'basida tinglandi. Yiğilganlar e'tiboriga quyoş energiyasini yanada samarali özlaştirişda polimer elektrolit va böyoq moddalardan foydalaniş masalalari (Malayziya), terining himoya funksiyasini kuçaytiruvçi kapsulalar (Germaniya), ultrabinafşa va infroqizil nurlarni ötkazmaydigan (Özbekiston) va elektroxrom oyna (Rossiya) kabi amaliy ahamiyatga ega loyihalar taqdim etildi. Xorijlik olimlar bilan bir qatorda, özbek tadqiqotçilari ham qayta tiklanuvçi energiya manbalari, xususan, quyoş energiyasidan foydalanişning yangi imkoniyatlari haqidagi ma'ruzalari bilan iştirok etişdi. Jumladan, “Fizika-Quyoş” ilmiy-işlab çiqariş taşkiloti Materialşunoslik milliy instituti vakili Sulton Sulaymonov quyoş energiyasini özlaştiruvçi qoplamalar uçun kompozitsion materiallar sintezining yangi texnologiyasini taqdim qilar ekan, quyoş energiyasi bilan şuğullanuvçi tadqiqotçilar oldida turgan eng asosiy masala elektr energiyasi tannarxini tuşirişdan iborat ekanligini ta'kidladi".


















