Hindiston boş vaziri Narendra Modi 13 noyabrda millatdan noqonuniy orttirilgan pullarga qarşi kuraşni yakunlaş uçun unga 50 kun berilişini iltimos qildi va hindistonliklardan korrupsiyaga qarşi qaratilgan u tomonidan e'lon qilingan pul islohoti qiyinçiliklariga tuşuniş bilan munosabatda bölişni söradi. Bu haqda boş vazir hind telekanallari orqali namoyiş qilingan bayonotida aytdi.
"Men qanday kuçlar nafsoniyatiga tekkanimni bilaman, bu odamlar menga qarşi çiqayotganligini bilaman, men ular 70 yil yiqqanlarini tortib olayapman. Ular menga tinç yaşaşga berişmaydi, ular meni yöq qilib yuborişadi. Qölidan kelganini qilsin. Menga 50 kun kerak, mamlakat menga 50 kun yordam berişi kerak", deb aytdi boş vazir Panaji şahri yaqinida tarafdorlariga qaratilgan nutqida.

















