13 noyabrdan 14 noyabrga ötar keçasi ajoyib tabiiy hodisa – Oyning Yerga eng qisqa masofaga yaqinlaşişi, ya'ni superoy deb ataluvçi manzarani köriş mumkin böladi. 

Superoy unçalik ham noyob hodisa hisoblanmaydi, ba'zi yillarda uni 3 martalab kuzatiş mumkin. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bu galgi superoy öziga xosdir, ya'ni u superoylar içida superidir. Superoyda tölişgan oy Yerga eng yaqin nuqtadan ötadi.  
Oydan Yergaça örtaça masofa 384393 km ni taşkil qiladi, bu galgi Superoyda Yerning tabiiy yöldoşi Yerga odatdagidan 30 ming km ga yaqinroq böladi, ya'ni Yer va Oyni 356 ming 511 km lik masofa ajratib turadi. Buning natijasida u 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq körinadi. 
1948 yilda Oy Yerga hozirgidan 50 km ga köproq yaqinlaşgan.

21-asrda Oy Yerga 356500 km dan kamroq masofaga yana ikki marta: 2034 yil 25 noyabrda (356446 km) va 2052 yil 6 dekarbda (356 425 km) yaqinlaşadi.
2016 yil 14 dekabrda yana bitta Superoy böladi, biroq bunda Oy Yerga hozirgidek yaqin kelmaydi. 

Afsuski, mutaxassislarning aytişiça, Superoy sayyoramizga öz ta'sirini ötkazmay qolmaydi. Undan avval yoki keyin Yerda qandaydir yirik tabiiy hodisalar yuz berişi qayd qilib kelinadi.

Misol uçun, 2011 yil martda, superoygaça 8 kun qolganda Yaponiyada falokatli sunami keltirib çiqargan kuçli zilzila yuz bergandi. 

2015 yilda superoy 30 avgust va 28 sentabrda yuz bergan. Birinçi va ikkinçi superoy orasidagi vaqt davomida Meksika sohillari yaqinida 6,6 magnitudali va Indoneziya sohillari yaqinida 6,3 magnitudali ikkita kuçli zilzila yuz bergan.

2004 yil Janubiy-Şarqiy Osiyodagi talofatli zilzila superoydan ikki hafta oldin yuz bergan.

Bu galgi superoydan nimalar kutiş mumkinligini heç kim bilmaydi. Ba'zi tadqiqotçilar superoy nafaqat zilzilalar, balki vulqonlar otilişi, suv toşqinlari, böronlar va boşqa texnogen falokatlarni keltirib çiqaradi, deb hisoblaydilar. 

Mutaxassislar Oyning Yerga yaqinlaşişi sayyoramiz uçun osoyişta ötmaydi, Yer uning bevosita bölmasa-da, bilvosita ta'sirini sezadi, deb qayd qiladilar. Zilzilalar yer qa'rida avj olib keladi. Ularni litosfera plitalari harakati, zöriqişi va deformatsiyasi tayyorlaydi. Oyning gravitatsion ta'siri esa bu jarayonlarga biroz turtki berib yuborişi, ya'ni öziga xos "tepki" bölib xizmat qilişi mumkin.