Rossiya prezidenti Vladimir Putin köplab davlatlarda ommabop bölgan KVN (Klub veselyx i naxodçivyx) körsatuvining 55 yilligiga bağişlangan yubiley keçaga taşrif buyurdi.  

Putin keçaga taşrif buyurgan klubning barça iştirokçilari va 24 noyabrda 75 yoşini qarşilaydigan, klub boşlovçisi Aleksandr Maslyakovni bu ajoyib sana bilan tabrikladi. Putin KVNçilarning hazillariga baho berib ötdi.

"Ular özlariga qandaydir hazillar qilişga ijozat berişadi. Va yana qayerda? Kremlda. Sobiq, ketayotgan, kelayotgan va amaldagi katta boşliqlar haqida. Mana bu gapni kim haqida gapirgandingiz: "Uylandi, ajraşdi, baxtli"?", deb öziga şa'ma qilgan Putin. Zal bu hazilni kulgi va olqişlar bilan qabul qilgan.

"Mendan KVNga maslahat berişni söraşdi: KVN – katta, inoq, juda yaxşi oila, baxtli bölinglar", deb maslahat bergan Putin.

"Govorit Moskva" radiostansiyasining xabar berişiça, Putin eslab ötgan hazil "Sbornaya Pyatigorska" jamoasi ijrosi vaqtida yangragandi. Jamoa a'zolaridan biri radiostansiyaga bu hazil Putin haqida bölmagani va jamoaning bir a'zosiga nisbatan aytilganini ma'lum qilgan.