Tayland taxtida 70 yil o‘tirgan Rama IX ning vafotidan so‘ng, mamlakat hukumati bir yillik motam e'lon qildi. Bu asosan, davlat xizmatchilari va davlat kompaniyalari xodimlariga tegishlidir. Qolgan barcha fuqarolarga bir oylik motamga rioya qilish tavsiya qilingandi.
"30 kunlik motam kunidan so‘ng, ko‘pgina ishlar o‘z iziga tushadi, ammo aksariyat fuqarolar o‘zlarining shaxsiy qarori bilan bu muddat tugaganidan keyin ham maxsus motam libosini kiyib yurishlari aniq", - degan Tailand sport va turizm vaziri Kobkarn Vattanavrangkun.
14 noyabrdan davlat bayroqlari ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, ko‘pgina idoralarda hali ham bunday qilinmagan.
Shunga qaramay, Bangkok va qirollikning boshqa shaharlarida Loy Kratong – suv festivali nishonlanadi. Qirollikda oy taqvimining o‘ninchi oyi to‘lin oy kechasida suv havzalarida gullar va banan barglaridan yasalgan qayiqchalar oqiziladi. Ularda shamchiroqlar yoqiladi. Tayliklarning ishonishicha, shu bilan ular turli yomonliklardan xalos bo‘lishadi.











