Hindistondagi yaqinda amalga oşirilgan pul islohoti yana bir qurbonga olib keldi. Gap şundaki, Hindistonda ötgan haftada pul islohoti ötkazilib, unga köra 500 va 1000 rupiylik qoğoz pullar muomaladan çiqarilişi e'lon qilingandi. 

Şu sababli emizikli bola şifokorlar uning ota-onasidan xizmat haqi sifatida eski pullarni olişdan boş tortgani sababli vafot etdi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, voqea Mumbayda yuz bergan. Kasal bolakayning ota-onasi şifokorlarga yordam bilan murojaat qilganda, ular davolaşga haq sifatida 6 ming rupiy tölaşni söraşgan. 

Bolaning ota-onasi bu haqni 500 rupiylik qoğoz pullarda tölamoqçi bölganda, şifokorlar pullar muomaladan çiqarilgani sababli ularni olişdan boş tortganlar. Şundan keyin ota-ona bolasini boşqa şifoxonaga olib ketişga majbur bölgan, biroq bolakay yölda vafot etgan. Hozirda politsiya uşbu voqeani tergov qilmoqda.

Hindiston hukumati 8 noyabrdan 500 va 1000 rupiylik qoğoz pullar muomaladan çiqarilişini ma'lum qilgandi. Hukumat şu tariqa mamlakatdagi korrupsiyaga çek qöyişga va muomaladan katta miqdordagi qalbaki pullarni çiqarib yuborişga intilmoqda. Ta'kidlanişiça, taqiqlangan pullardagi 250 ming rupiygaça bölgan pulni heç qanday savollarsiz muomaladagi pullarga almaştirib oliş mumkin, biroq bundan katta miqdordagi pullarning kelib çiqilişi tekşiriladi. Agar daromad bilan tavofut aniqlanadigan bölsa, pullar egasi tegişli soliqqa va jarimaga tortiladi.

Bundan avvalroq öz turmuş örtoğini davolatiş uçun öziga tegişli yer maydonini sotgan hind ayoli pul islohoti sababli özining joniga qasd qilgandi. Ayol yerni 5,6 million rupiyga sotgan, erini davolatişga esa bor-yöği 300 ming rupiy ketgan. Özidagi pullarni 500 va 1000 rupiyda saqlagan ayol hukumatning bu qaroridan keyin esankirab qolib, öz joniga qasd qilgandi.