Özbekiston tarixida ilk bor Respublika yoşlarining bilimlarini rivojlantiriş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida 10 dekabr kuni INXA Universitetida ingliz tili bilimlari böyiça IELTS Xalqaro test sinovi bölib ötadi. Imtihon IDP qöllab-quvvatlaşi ostida ötkaziladi.

Savol: Ötkazilayotgan testga Britaniya Konsulligining aloqasi bormi? 
Javob: Aloqasi yöq. Britaniya Konsulligi va IDP, IELTS testining rasmiy taşkilotçilaridan biri hisoblanadi. Test Inter Press nazorati ostida IDP rasmiy taşkilotçilari tomonidan taşkil etiladi. 

Savol: Testning narxi va tölov usullari qanday böladi?
Javob: Test narxi - 160 AQŞ dollari va yana 50 ming söm röyxatdan ötiş uçun tölanadi. 160 dollarlik tölov Visa Classic onlayn valuta kartasi orqali amalga oşiriladi. Buning uçun siz 20 noyabrdan keyin  www.iels.org saytiga kirişingiz va Özbekiston böylab joylaşgan hududingizni topib, röyxatdan ötişingiz kerak böladi. 50 ming sömlik röyxatdan ötiş tölovi Özbekiston Respublikasining istalgan bankidan amalga oşiriladi. Bundan taşkari u-pay.uz yeki payme internet tölov ostida xam söm röyxatdan ötiş uçun tölaş möljallanayapti.  

Savol: Sömda tölaş imkoni bormi?
Javob: Xozirça tölov faqatgina Visa Classic kartalari orqali, AQŞ dollarida amalga oşiriladi. Bu borada muzokaralar olib borilmoqda va masala tez orada öz yeçimini topadi. 

Savol: Mazkur imtihonni ötkazişdan maqsad nima?
Javob: Bugungi kunda IELTS testni topşirişga talab juda katta. Şu munosabat bilan, mavsum paytida talabalar bu testni topşiriş uçun Britaniya Konsulligi markazida test ötkazilişidan 4 oy avval röyxatdan ötişga majbur bölişadi. Şu sababli, köp talabalar bu testni Qozoğiston, Ozarboyjon va Turkiya kabi davlatlarda topşirişmoqda. Bu talabalardan köp pul va vaqt sarflaşni talab qiladi. Xarajatlarni kamaytiriş va talabalarga qulaylik yaratiş uçun “Action Group” kompaniyasi muassisi mazkur test taşkilotçilari bilan kelişuvga erişdi.
Savol: Test sertifikatlari örtasida farq bormi?