BMT Xalqaro jinoyat sudining AQŞ harbiylarining Afğonistonda harbiy jinoyatlar amalga oşirgan bölişi mumkinligi böyiça olib borayotgan tergovini qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda BMT boş kotibi rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.  

"Bu Xalqaro jinoyat sudi qiladigan işning bir qismi. Biz istalgan jinoyat, u qayerda amalga oşirilganidan qat'iy nazar, tergov qilinişi böyiça sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaymiz. Sud bunday jinoyatlarni taqib qilişini köriş yaxşi, biroq ular keyin nima qilişlarini kuzatiş kerak", deb aytdi Haq matbuot-anjumanida.

Avvalroq sud prokurori Fatu Bensuda ayni vaqtda mavjud isbotlar AQŞlik harbiylar va Markaziy razvedka boşqarmasi xodimlari Afğonistonda söroqlar vaqtida mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qöllagani va boşqa jinoyatlarni amalga oşirganini taxmin qilişga imkon berişini ma'lum qilgandi.