Yevropa va Osiyo mintaqasidagi eng baland sönmagan vulqon hisoblanuvçi “Klyuçevskaya sopka” kullar ustunini 6 km balandlikka otiş bilan uyğondi. Bu haqda, RFA Geofizika xizmatining Kamçatkadagi bölimiga asoslangan holda RIA «Novosti» xabar qilmoqda. 

«Payşanba, 17 noyabr kuni tongda “Klyuçevskaya sopka” vulqonida kul otilişi qayd etildi. Uning balandligi 6 ming metrni taşkil etdi. Vulqon balandligi 4850 metrdir», — deyiladi geofizika xizmati bayonotida. 

Rossiya FVVning Kamçatka ölkasi Boş boşqarmasi ma'lumotlariga köra, kulning aholi turarjoylariga tuşişi kuzatilmagan. 

Avvalroq, Kamçatkadagi yana bir vulqon “Şiveluç” kulni 7 km balandlikka otgani xabar qilingan edi.