Rasmiy Anqara kelasi uç yil mobaynida AQŞdan 24 dona qiruvçi-bombardimonçi F-35 samolyotlarini xarid qiladi, deya bayonot bergan Turkiya mudofaa vaziri Fikri Işik. 

Avvalroq, Turkiya mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir, Turkiyada F-35 dvigatellarini işlab çiqariş, yiğiş va xizmat körsatiş markazi barpo etilganini ma'lum qilgan edi. 

Turkiya boş vaziri Binali Yildirimning sözlariga köra, 2018 yilda mamlakatga F-35 qiruvçilarining ilk partiyasi yetib keladi. “Samolyot butlovçi qismlarining yarmidan köpi Turkiyaning özida işlab çiqiladi, şu yerda yiğiladi”, -deya oydinlik kiritgan edi Turkiya hukumati rahbari. 

“Turkiya uç yil mobaynida Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasidan 24 ta F-35 samolyotini xarid qiladi. Ularning oltitasiga allaqaçon buyurtma berilgan. 2018 yilda ilk ikkita samolyot yetib keladi”, — deya Işik sözlarini keltiradi Haberturk telekanali.