Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatişda Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi, ŞHT, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik taşkiloti, MDH Ijroqömi missiyalari, Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika qit'asining qirqdan ortiq mamlakatlaridan xorijlik ekspertlar iştirok etadi. Bugungi kunda ularning aksariyati saylov jarayonini bevosita mamlakatimiz hududlarida, çet davlatlardagi vakolatxonalarimizda tuzilgan saylov uçastkalarida kuzatib borişmoqda.
Xenrik VeSTeRBI,
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi missiyasi a'zosi:
— Özbekiston saylov qonunçiligi bilan tanişdim. Hozirgi vaqtda saylov komissiyalari, davlat organlari va jamoat taşkilotlarining Prezident sayloviga tayyorgarlik körişga oid faoliyatini örganayapmiz, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan saylov jarayonini yoritiş böyiça işlari yuzasidan suhbatlaşmoqdamiz. Şuni alohida qayd etişni istardimki, biz saylov kampaniyasini kuzatiş asnosida nafaqat siyosiy tadbirning milliy saylov qonunçiligi va xalqaro saylov standartlariga muvofiqligini baholaymiz, ayni paytda özimiz ham tajriba töplayapmiz.
Yoel RAZVOZOV,
Isroil Knesseti deputati:
— Saylovlarni erkin va halol ötkaziş fuqarolik jamiyatining mamlakat siyosiy tizimiga işonçini mus¬tahkamlaş vositasi bölib xizmat qiladi. Respublikada nomzodlarni körsatiş hamda röyxatga oliş Konstitutsiya doirasida Markaziy saylov komissiyasining Prezident sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ötkazildi. Davlat boşliği lavozimiga nomzodlarga öz dasturini ommaviy axborot vositalarida, saylovçilar bilan uçraşuvlarda ilgari suriş uçun teng imkoniyatlar yaratib berilgan. Ularning saylov ştablari aholi örtasida faol saylovoldi taşviqotini olib bormoqda. Saylovçilar saylov kampaniyasining barça tadbiridan xabardor ekanligi, ular öz konstitutsiyaviy huquqlarini çuqur bilişini alohida aytib ötişni istardim.
Xilel NYuMAN,
Isroil Taşqi işlar vazirligi strategik ¬tadqiqotlar departamenti sektor boşliği:
— Hozirgi kunda xalqaro hamjamiyatning e'tibori Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasiga qaratilgan. Bu bejiz emas. Çunki Özbekiston Markaziy Osiyoda aholi soni köpligi böyiça eng yirik mamlakat sifatida mintaqa ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanişi va xavfsizligini ta'minlaşda muhim rol öynaydi. Aynan şu omillar sabab ham dunyo jamoatçiligi tomonidan Özbekistondagi saylovlarga alohida qiziqiş bilan qaralmoqda. Saylovoldi kampaniyasida barça siyosiy partiyalar iştirok etayapti. Bu esa siyosiy raqobat mavjudligi haqida söz yuritiş uçun asos böladi. Saylov qonunçiligi erkinlaştirilgani, partiyalarga hokimiyat uçun kuraş huquqi berilgani, fuqarolik jamiyati ins¬titutlarining saylov jarayoniga faol jalb qilingani, köp sonli xalqaro kuzatuvçilar akkreditatsiyadan ötkazilgani ham Özbekistonning demokratiya va oçiqlikni ta'minlaş borasida dadil borayotganidan ¬dalolatdir.












