Hozirda şaxmat qiroli toji uçun norvegiyalik şaxmatçi, jahon çempioni Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin örtasida Nyu-Yorkda ötayotgan uçraşuvda norvegiyalik uçun noqulay vaziyat yuz berdi.
Ma'lum qilinişiça, Karlsenning menejyeri uçraşuv taşkilotçilaridan şaxmatçilar yurişlar orasidagi tanaffuslar vaqtida dam oladigan xonadan videokameralarni olib taşlaşni iltimos qilgan. Bu haqda "Sport-ekspress" naşri xabar bermoqda.
Gap şundaki, bu iltimos ijtimoiy tarmoqlarda tanaffus vaqtida Karyakin navbatdagi yuriş ustida boş qotirayotgan bir paytda Karlsen dam oliş xonasidagi divanda uzala tuşib yotgani tasvirlangan fotosurat tarqagandan keyin bildirilgan.
Karlsen menejyerining aytişiça, norvegiyalik şaxmatçi dam oliş xonasidan translyatsiya ketayotganini bilmagan. Uçraşuv taşkilotçilari iltimosni inobatga olib, boşqa bunday translyatsiyalarni olib bormaslikka va'da berdilar.
Eslatib ötamiz, hozirda şaxmatçilar 5 ta partiya ötkazdilar va ularning barçasini durang bilan yakunladilar. Ayni vaqtda umumiy hisob 2,5:2,5. Navbatdagi partiya bugun, 18 noyabrda bölib ötadi.

















