Turkiyaning Haberturk telekanali mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning Özbekistonga taşrifidan fotoreportaj uyuştirdi. Telekanalning YouTube portalidagi kanaliga joylaştirilgan videoda Turkiya rahbari Özbekistonga safarini Samarqanddan boşlagani, aeroportdan töğri Şohi Zinda majmuasiga, Özbekistonning birinçi prezidenti, marhum Islom Karimovning qabrini ziyorat qiliş uçun yöl olganini köriş mumkin. 

Marhumning ziyoratida unga Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov hamrohlik qilgan.

Özbekiston Musulmonlar idorasi muftiysi Usmonxon Alimov marhum xotirasiga Qur'on tilovat qilgan. Şundan söng, siyosatçilar tarjimon vositasida bir muddat suhbatlaşişgan.

Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdöğan uçraşuvi çoğida Özbekiston — Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.

Qayd etiş kerakki, bu Erdöğanning Özbekistonga ikkinçi taşrifidir. U 13 yil oldin Özbekistonga Turkiya boş vaziri sifatida kelgandi.

"Biz qardoş özbek xalqi bilan munosabatlarni rivojlantirişni istar edik. Özbekiston tomon ham biz bilan munosabatlarni rivojlantiriş istagida ekanligini körib turibmiz. Özbekistonga safarim davomida özbek oğalarimiz bilan munosabatlarda yangi sahifasini oçiş istagidaman", — deb ta'kidlagan Erdöğan safarga çiqişidan oldin Anqara aeroportida ötkazilgan matbuot anjumanida.