Rossiyalik Sergey Karyakin va norvegiyalik jahon çempioni Magnus Karlsen örtasida şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun Nyu-Yorkda ötayotgan uçraşuvning 7-partiyasida ham durang natija qayd qilindi. Bu haqda Xalqaro şaxmat federatsiyasi saytida ma'lum qilindi.

Partiya 20 noyabrda öynaldi. Karyakin ketma-ket ikki marta oq figuralar bilan öynadi. Umumiy hisob 3,5:3,5. Qolgan 5 partiyadan uçtasida Karlsen partiyani oq figuralar bilan boşlaydi.

Navbatdagi partiya bugun, 21 noyabrda bölib ötadi. 

Şaxmat böyiça jahon çempioni unvonini qölga kiritiş uçun 55-uçraşuvda 12 ta partiya öynaladi. Ğolib 6,5 oçko töplaşi lozim. Agar durang natija qayd qilinsa, 30 noyabrda tay-breyk ötkaziladi. Uçraşuvning mukofot jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil qiladi.