Rossiyalik Sergey Karyakin şaxmat böyiça jahon çempioni unvonini qölga kiritiş uçun Nyu-Yorkda amaldagi jahon çempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahsda birinçi ğalabaga erişdi. 7 ta durang partiyadan keyin 8-partiya rossiyalik şaxmat ustasi foydasiga hal böldi.
Karyakin qora figuralar bilan öynagan, partiya esa 5 soat davom etgan. Endi umumiy hisob rossiyalik foydasiga 4,5:3,5 böldi.

















