Buxoro viloyati hokim örinbosari Fazliddin Atoyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyatida (Rossiya) böldi. Bu haqida Uzdaily naşri xabar berdi. 

Taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi Novosibirsk viloyati gubernator birinçi örinbosari Yuriy Petuxov bilan uçraşdi. Tomonlar ikki mintaqa örtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişdi. 

Yuriy Petuxov Novosibirsk viloyati Özbekistonni qadrdon qöşni va işonçli hamkor sifatida körişini ta'kidladi. "Işonçim komilki, bizning ikki tomonlama hamkorligimiz uzoq muddatli va özaro manfaatli böladi", - qöşimça qildi u. 

Öz navbatida, Fazliddin Atoyev Özbekiston va Novosibirsk  viloyatining iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişda ijobiy istiqbollar mavjudligini qayd etdi. U tomonlar töqimaçilik sanoati va sayyohlik sohasida hamkorlikni rivojlantirişlari mumkinligini ta'kidladi. 

Uçraşuv davomida ikki tomon hamkorlikning keyingi istiqbollari böyiça fikr almaşişdi. Yaqin kunlarda mazkur uçraşuv samarasi sifatida hamkorlikka doir bitimlar imzolanişi mumkinligini aytişdi.