Qirğizistonda hanuzgaça qadimiy odatlardan biri – qiz olib qoçiş mavjud bölib, mamlakatdagi nikohlarning beşdan biri aynan şu yöl bilan amalga oşar ekan. Bunday ma'lumotlar Qirğizistonda ötkazilgan "Genderning jamiyat tomonidan qabul qilinişi" deb nomlangan tadqiqot davomida olindi. Bu haqda 24.kg sayti xabar bermoqda.
"Ayollarni ularning roziligisiz olib qoçiş orqali nikoh quriş butun mamlakat böylab oz yoki köp darajada kuzatiladi: Bişkekda 2 foizdan Norin viloyatida 21 foizgaça. Köpinça örta ma'lumotga ega yoki umuman ma'lumotga ega bölmagan qizlar hamda noçorroq oilalar farzandlari öğirlanadi. Bunday holat qişloqlarda şahardan deyarli ikki marotaba köproq yuz beradi", deyilgan hujjatda.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, qiz olib qoçiş qadimda kam uçragan, biroq hozir ommalaşib ketgan.
Ma'lum bölişiça, ayolning roziligisiz majburiy nikoh qurişlar Norin, Issiq-köl va Talas viloyatlarida keng tarqagan.

















