Turk arxeologlari Muğla provinsiyasining janubi-ğarbida Yunon davriga tegişli qadimiy maqbarani topişga muvaffaq bölişdi. Ma'lum bölişiça, u yerda 100dan ortiq artefakt bölgan. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Milas arxeologiya muzeyi jamoasi bundan avval ham boşqa bir maqbarani topgan edi. Manbaga köra, topilgan qadimiy maqbaralarning umumiy soni 18taga yetgan. 

Arxeologlarning ta'kidlaşiça, maqbara 2400 yil avval badavlat qirollik oilasi uçun bunyod etilgan. 

Hisobotga köra, qazilma işlari jarayonida umumiy miqdorda 103 artefakt topilgan. 

Turkiya son-sanoqsiz qadimiy obidalar makoni hisoblanadi, birgina Milas hududining özidanoq 27 arxeologik qazilma topilgan.