2016 yil 23 noyabrida Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov Özbekiston Respublikasi Boş ştabi Boş boşqarmasi rahbari polkovnik Farxod Şermatovni qabul qildi. Bu haqda Qozoğiston mudofa vazirligi saytida xabar qilingan.
Ikki tomonlama uçraşuvda, qozoq-özbek harbiy va harbiy-texnik hamkorligining dolzarb va istiqbolli yönalişlari böyiça fikr almaşilgan. Jasuzakov mudofaa va xavfsizlik, yangi tahdidlarga operativ javob beriş, ekstremistik va terroristik faoliyatlarning yangi turlariga qarşi kuraş sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş muhimligiga e'tibor qaratgan.

Bundan taşqari, QR mudofaa vazirligi rahbari maxsus harbiy bölinmalarning «Altyn Үkі» nomli xalqaro musobaqasi va «ArMI-2017» xalqaro armiyalar tanlovini ham xotirlab, Özbekiston armiyasi vakillarini uşbu musobaqalarda qatnaşişga çaqirgan.

















