Rossiyalik şaxmat ustasi Sergey Karyakin Nyu-Yorkda şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun keçayotgan bahsning 10-partiyasida raqibi norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.

Partiya 6,5 soat davom etgan. Rossiyalik qora figuralar bilan öynagan.

Şu tariqa umumiy hisob yana tenglaşdi: 5:5.

11-partiya 26 noyabrda öynaladi. Şaxmatçilar hammasi bölib 12 ta partiya öynaşadi. Agar bahs durang hisob bilan yakunlansa, 30 noyabrda tay-breyk ötkaziladi.

Bundan avval 8-partiyada yutqazgan Karlsen uçraşuvdan keyin ötkaziladigan matbuot-anjumanini jahl bilan tark etgandi. Uning bunday qilişiga rossiyalik şaxmatçining anjumanga öz vaqtida kelmagani sabab bölgan. Şu sababli norveg özi oladigan mukofot pulining 10 foizi miqdorida jarimaga tortildi. 
Eslatib ötamiz, uçraşuvning mukofot jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil qiladi. Mukofotning 60 foizi ğolibga, 40 foizi esa mağlub bölgan şaxmatçiga tegadi.