15 mart kuni Toşkent Siti hududida joylaşgan Park in Mall savdo markazida yonğin çiqdi.

«15 mart kuni soat 13:18 da  Toşkent şahar Şayxontohur tumani, Botir Zokirov köçasida joylaşgan Park in Mall oilaviy köngiloçar savdo markazi 3-qavatida yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar tuşgan.

Şunga köra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib,  yonğin soat 13:28 da öçirildi», – deyiladi Toşkent şahri Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi ma’lumotida.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöq.

Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bu vaqtda bino içkarisida odamlar köp bölgani, ular orasida yoş bolalar ham borligini köriş mumkin.

FVV matbuot xizmati esa bino hozirgi vaqtda foydalanişga topşirilmagani va yonğin bolalar öyingohida sodir bölmagani, bu joyda ta’mirlaş işlari olib borilayotgan bölgani haqida ma’lumot bergan.

Eslatib ötamiz, 31 yanvar kuni Yaşnobod tumanidagi Aviator savdo majmuasining ikkinçi qavatida yonğin sodir bölgandi. Pixel nomli bolalar maydonçasi hududida vayronalar ostidan 2 yoş 7 oylik qizning jasadi topilgandi. Uşbu fojiadan keyin Özbekiston böylab şu kabi obektlarda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinişini tekşiriş boşlangan.