Nyu-Yorkda şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun rossiyalik şaxmat ustasi Sergey Karyakin va amaldagi jahon çempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen örtasida keçayotgan uçraşuvning 11-partiyasida navbatdagi durang natija qayd qilindi. Şundan keyin umumiy hisob 5,5:5,5 böldi.

Raqiblar öyin boşlangandan 3,5 soat ötgaç, 34-yurişdan keyin potga rozi böldilar. Uçraşuvning sönggi 12-partiyasi 28 noyabrda bölib ötadi. Karyakin qora figuralar bilan öynaydi.

Eslatib ötamiz, dastlabki 7 ta partiya durang, 8-partiya Karyakin foydasiga, 9-partiya yana durang va 10-partiya norvegiyalikning ğalabasi bilan yakunlangan. Agar 12-partiyada ham durang natija qayd qilinsa, unda şaxmatçilar 30 noyabrda tay-breyk ötkazadilar.