Hindiston muxolif partiyalari 28 noyabrda butun mamlakat böylab hukumat tomonidan boşlangan pul islohotiga qarşi norozilik namoyişi aksiyasini ötkaziş niyatida. Bu haqda NDTV telekanali xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga köra, şaharlar köçalariga yetakçi muxolif partiya – “Hindiston milliy kongressi”, şuningdek, oddiy inson Partiyasi, Butunhind trinamul kongressi va boşqa harakatlar tarafdorlari çiqişi kutilmoqda. Aktsiyada qatnaşuvçi kişilarning umumiy soni 1 mln kişidan oşişi kerak, deya ta'kidlaydi telekanal. Muxolifatning fikriça, norozilik namoyişida bir neça million inson qatnaşadi.

Söl kasaba uyuşmalari esa Kerala, Ğarbiy Bengaliya va Tripura ştatlarida iş taşlaşga çaqirmoqda. 

Ma'lumot uçun, Hindiston hukumati 8 noyabr kuni eng yirik kupyura – 1000 rupiyni (deyarli 15 dollar) muomaladan çiqariş haqida ma'lum qildi. Bu qalbaki pul yasovçilar va poraxörlarga qarşi kuraş doirasida amalga oşirilmoqda.