NASA koinot agentligi Oy va Marsga sayohat uçun yaratilayotgan Orion koinot kemasi fazogirlari qanday taomlar tanovul qilişlarini namoyiş qildi.
 
Uşbu holat tasvirlangan rolikda kiçkinagina batonçalar namoyiş qilindi. Ta'kidlanişiça, ulardan har birining oziqaviy quvvati 700-900 kilokaloriyani taşkil qiladi. Xalqaro koinot stansiyasi ekipajidan farqli ravişda, Orion fazogirlari taomnomasi muntazam ravişda Yerdagi zaxiralardan töldirib turilmaydi va şu sababli turfa xillik bilan ajrab turmaydi.