Amaldagi jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin örtasida şaxmat toji uçun bellaşuvlarni ötkaziş Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDe)ning musobaqaga jiddiy homiylar e'tibor qaratişi borasidagi umidlari bilan boğliq edi. Biroq, bu reja çippakka çiqdi.

Uçraşuv taşkilotçilari Nyu-Yorkdagi köp sonli lyuks dökonlar va yirik moliya kompaniyalari qöllab-quvvatlaşiga umid qilişgandi. Ammo, atigi törtta homiy topildi. Bular: rossiyalik öğitlar işlab çiqaruvçi, Moskva investitsiya kompaniyasi, Norvegiyadagi suv işlab çiqaruvçi, qimmatbaho ruçkalar tayyorlovçi kompaniyalardir.

Şuningdek, Nyu-Yorkka FIDe rahbari Kirsan Ilyumjinov ham bormadi. U AQŞ Moliya vazirligi sanksiya röyxatiga kiritilgani tufayli mamlakatga kiriş ruxsatiga ega bölmagan. 

Uçraşuv taşkilotçiligi bilan Agon kompaniyasi şuğullangan bölib, u grossmeysterlar bahsini internet orqali qança kişi pul tölab körgani haqidagi ma'lumotlarni keltirmadi.

Eslatib ötamiz, 12 partiyadan söng hisob 6 – 6 bölib turibdi. Jahon çempioni nomi 30 noyabr kungi tay-breykda aniqlanadi.