Rossiyalik şaxmatçi Sergey Karyakin va norvegiyalik Magnus Karlsen örtasida şaxmat böyiça jahon çempioni unvoni uçun Nyu-Yorkda ötayotgan uçraşuvning oxirgi, 12-partiyasi ham durang natija bilan yakunlandi. Endi ğolib 30 noyabrda ötkaziladigan tay-breyk orqali aniqlanadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Karyakin va Karlsen 10 ta partiyani durang, bittadan partiyani ğalaba bilan yakunladilar. Umumiy hisob 6:6 böldi. Sönggi partiya uçraşuvdagi eng qisqa davom etgan partiya böldi: u bor-yöği 35 daqiqa davom etib, 30-yurişdan keyin pot bilan yakunlandi. 

Tay-breyk rapid: har bir partiyaga 25 daqiqa va har bir yuriş uçun qöşimça 10 soniyadan iborat 4 partiyadan boşlanadi. Agar rapidda ham ğolib aniqlanmasa, unda blits: 5 daqiqa va har bir yuriş uçun qöşimça 3 soniyadan iborat 2 ta partiya  öynaladi.  

Agar zaruriyat bölsa, 2 ta partiyadan qöşimça 4 ta blits ötkaziladi. Agar bu partiyalardan keyin ham ğolib aniqlanmasa, unda şaxmatçilar "armageddon" (qiyomat qoyim) deb ataluvçi mini-partiya ötkazadilar: bunda oq figuralar bilan öynovçi şaxmatçi partiyani öynaşga 5 daqiqa, uning raqibi esa 4 daqiqa vaqtga ega böladi. Agar partiya pot bilan yakunlansa, ğolib qora figuralar bilan öynagan şaxmatçi böladi.