Jahon şaxmat toji uçun keçayotgan uçraşuvning “asosiy vaqti” ğolibni aniqlab bermadi: amaldagi jahon çempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin örtasidagi bellaşuvning 12 partiyasi durang bilan yakunlandi – 6:6. Endi sovrin sohibi nomi tay-breykda ma'lum böladi. U 30 noyabr kuni ötkaziladi.

Norvegiyalik şaxmatçi bu borada öz fikrlarini bildirib ötgan. Unga köra, tay-breyk uning uçun qulayroq. “Bu men uçun juda yaxşi. Men ğalaba uçun yaxşi imkoniyatga ega ekanimni sezib turibman”, - dedi Magnus Karlson.

FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov esa uçraşuvda kimning asablari mustahkamroq bölsa öşa ğalaba qozonişini aytib ötdi. 

Ma'lumot uçun, şaxmat tay-breyki rapiddan boşlanadi. Bunda vaqt nazorati 25 daqiqa bölgan törtta partiya öynaladi. Rapidda ham ğolib nomi aniqlanmasa, blits öynaladi – 5 daqiqalik nazorat ostidagi ikki partiya. Şundan söng yana törtta ikki partiyadan iborat blits-bahs ötkaziladi.

Şunda ham ğolib nomi ma'lum bölmasa, şaxmatçilar armageddonni öynaşadi. Bunda oq donalarda öynovçi sportçi raqibiga qaraganda bir daqiqa köproq vaqtga ega böladi (beş va tört daqiqa), biroq ğalaba qozonişi ham şart qilib belgilangan.