AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQŞ bayroğini yoqib yuboruvçi AQŞ fuqarolarini jazolaşni taklif qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.
"Heç kimga AQŞ bayroğini yoqişga ruxsat beriş kerak emas. Agar kimdir buni qilsa, unda buning oqibatlarini his qilişi kerak. Ehtimol, fuqarolikdan mahrum qiliş yoki bir yillik qamoq jazosi", deb yozdi milliarder.
AQŞda bayroqni tahqirlaganlik uçun rasman javobgarlik çorasi yöq, çunki bunday qilmiş uçun jazolaşni AQŞ konstitutsiyasiga birinçi tuzatma taqiqlaydi. Biroq fuqaro agar boşqa birovning mulki bölgan bayroqni yöq qilsa, javobgarlikka tortilişi mumkin. Unda bunday odam sud qaroriga köra, bayroqning narxiga teng jarima tölab berişi şart.
Biroq respublikaçilar davlat ramzini tahqirlaganlik uçun majburiy javobgarlikni qaytarişni talab qilmoqdalar.

















