Hindiston Oliy sudi mamlakat kinoteatrlaridagi seanslarning avvalida davlat madhiyasini ijro etiş böyiça qaror çiqardi. Uni tinglaş çoğida kino muxlislari tik turişlari lozim, deb xabar qilmoqda «BBC».

Aniqlik kiritilişiça, sud qarori 10 kundan söng kuçga kiradi. 

«Odamlar ozodlik va vatanparvarlik xususida özlarining şaxsiy fikrlariga rioya qilişlariga çek qöyişlari lozim», — deya hakamlar sözlaridan iqtibos keltiradi mahalliy OAV. 

Hindiston milliy madhiyasini ijro etiş amaliyoti ötgan asrning 60–70 yillarida keng tarqalgan, biroq keyinçalik barham topgan edi. Ta'kidlanişiça, hozirda Hindistonning 29ta ştatidagi barça kinoteatrlarga madhiyani ijro etiş majburiyatini yuklovçi yagona qonun mavjud emas.