30 noyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkilotining Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonini kuzatiş böyiça missiyasi kuzatuvçilari mamlakatimizga keldi. Missiyaga ŞHT Boş kotibi Raşid Alimov rahbarlik qilmoqda.

Şanxay hamkorlik taşkiloti markaziy portalida qayd etilişiça, ŞHT missiyasi Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident sayloviga xalqaro kuzatuvçilar taklif etilişini uni demokratik tamoyillar asosida, oçiq va oşkora ötkazişga bölgan intilişning yaqqol ifodasi, deb baholaydi.

ŞHT missiyasi öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga hamda Prezident va/yoki parlament saylovlarida hamda referendumlarda ŞHT kuzatuvçilar missiyasi töğrisidagi nizom asosida siyosiy betaraflik va davlatning içki işlariga aralaşmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda amalga oşiradi.

Missiya tarkibiga ŞHTga a'zo davlatlarning qonun çiqaruvçi, ijro va saylov organlari, şuningdek, ŞHT kotibiyatining 20 nafar vakili kiritilgan.

ŞHT missiyasi öz faoliyati davomida mumkin qadar köproq saylov uçastkalariga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda.

Missiya Markaziy saylov komissiyasi, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida uçraşuvlar ötkazadi. Şuningdek, saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro taşkilotlar missiyalari a'zolari, xorijiy mamlakatlar kuzatuvçilari bilan muloqotlar ötkazişni rejalaştirgan.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, ŞHT saylovlarni kuzatiş sohasida katta tajriba töplagan. Bu borada 2004 yildan buyon Taşkilot tomonidan 37 ta missiya şakllantirilgan bölib, ularning 5 tasi Özbekistonda iş olib borgan.

*****

Şu kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov ŞHT kuzatuvçilar missiyasi rahbari R.Alimov bilan uçraşdi.

Muloqot çoğida Missiya rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş doirasida amalga oşirilayotgan işlar bilan atrofliça taniştirildi.

Qayd etilganidek, saylovga tayyorgarlik işlari saylov töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, oçiq va oşkora olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini